Bryusselning "Anderlext" klubi yarimhimoyachisi Natan Saliba faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kanadalik futbolchining yangi klubi "Vilyarreal" bo'ladi. "Sariq suvosti kemasi" Salibaning transferi uchun 15 million yevro to'laydi.
Yaqin vaqt ichida Natan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng yangi jamoasi bilan mehnat shartnomasini imzolaydi.
Ma'lumot o'rnida, Saliba o'tgan yil yozidan buyon belgiyaliklar safida to'p tepmoqda. Unga qadar futbolchi "Monreal" sharafini himoya qilgan.
Avvalroq Inigo Peres "Vilyarreal" bosh murabbiyi etib tayinlangani ma'lum qilingan edi.