"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassiga qiziqish bildirgan. Bu haqda Bild xabar berdi.
"Ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku yaqinda Gvineya milliy jamoasining 30 yoshli futbolchisi bo'yicha so'rov yuborgan. Biroq ehtimoliy transfer Girassining maoshi sabab amalga oshmagan.
Hujumchi yiliga taxminan 10 million yevro maosh oladi, bu summa "Barselona"ning maosh fondi uchun haddan tashqari yuqori hisoblanadi.
Hozirgi paytda futbolchining shartnomasidagi tovon puli esa taxminan 50 million yevroni tashkil qiladi. Avvalroq "Inter" Lautaroni "Barselona"ga sotish niyatida emasligi ma'lum qilingan edi.