UFCning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili Pyotr Yan bilan bo'ladigan trilogiya haqida fikr bildirdi.
«O'tgan safar Pyotr Yan meni deyarli o'lgudek qilib do'pposlagandi. Shuning uchun bu safar bunday holat takrorlanmasligiga bor kuchim bilan harakat qilaman», — dedi Dvalishvili.
2023 yilda Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan, 2025 yilda esa Yan revansh jangda g'alabani qo'lga kiritgan.
Ma'lumot o'rnida, ushbu jangchilarning uchinchi jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 333 turniri doirasida bo'lib o'tadi.