Bugun
34
O'zbek

Martinelli «Al Hilol»da yiliga 20 mln yevro maosh oladi (Skira)

Futbol
24 avgust, 23:45
«Arsenal» braziliyalik futbolchi sotuvdan taxminan 60 mln yevro ishlab oladi.
Martinelli «Al Hilol»da yiliga 20 mln yevro maosh oladi (Skira)
Foto: Getty Images

«Arsenal»ning braziliyalik vingeri Gabriel Martinelli «Al Hilol»ga ko'chib o'tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Klublar futbolchining transferi shartlari bo'yicha kelishuvga erishish arafasida. Qayd etilishicha, «to'pchilar» braziliyalik futbolchi sotuvdan taxminan 60 million yevro ishlab oladi.

Martinellining o'zi ham «Al Hilol»ga o'tishga rozilik bergan. Saudiya Arabistonida 25 yoshli futbolchiga 2029/2030 yilgi mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha yiliga qariyb 20 million yevro to'lanishi kutilmoqda.

Ayni paytda klublar o'rtasida kelishuv hali rasmiylashtirilmagan. Avvalroq «Manchester Yunayted» Martinelli transferiga qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar