"Arsenal" va "Al Hilol" jamoalari vinger Gabriel Martinellining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar hozirda 50-55 million funt sterling qiymatidagi kelishuv bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "To'pchilar" braziliyalik 25 yoshli futbolchi bo'yicha mana shunday qiymatni talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, Martinellining shaxsiy shartlari bo'yicha muzokaralar esa hali davom etmoqda. Futbolchi yaqin orada "Al Hilol"ga o'tish yoki Londonda qolish borasida yakuniy qarorini qabul qiladi.
Avvalroq "Arsenal" Martinelli uchun 60 million funt talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, futbolchiga "Galatasaroy" ham qiziqish bildirgan, ammo turkiyalik klubning 45 million yevrolik taklifi rad etilgan.
Futbolchi 2019 yildan buyon "to'pchilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u klub safida 53 ta o'yinda 11 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.