Bugun
31
O'zbek

"Al Hilol" Malkom bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
21 avgust, 17:24
Malkom 2023 yildan buyon "Al Hilol" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
"Al Hilol" Malkom bilan shartnomani bekor qildi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi hujumchisi Malkom bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilganini rasmiy e'lon qildi.

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan. Endilikda braziliyalik 29 yoshli futbolchi faoliyatini BAA klubida davom ettirishi kutilmoqda.

Shuningdek, Malkomga Turkiyaning "Fenerbahçhe", Qatarning "As Sadd" hamda Saudiya Arabistonining "Al Diriya" klublari ham qiziqish bildirgani aytilgan.

Ma'lumot uchun, Malkom 2023 yildan buyon "Al Hilol" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu jamoa safida 138 ta o‘yinda 46 ta gol urgani va 41 ta golli uzatmani amalga oshirgani haqida ma'lum.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar