"Al Hilol" hujumchisi Karim Benzema klubni tark etishga shoshilmayapti. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.
Fransiyalik futbolchi shartnomani bekor qilishga tayyor, ammo o'z talablaridan voz kechmoqchi emas: 38 yoshli hujumchi shartnomasining qolgan bir yili uchun maoshini to'liq ravishda to'lab berilishini istamoqda.
Vaziyat hal etilmaguncha, "Al Hilol" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins transferini yakunlay olmaydi. Qayd etilishicha, Saudiya klubi angliyalik forvard bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Ma'lumot o'rnida, Benzema fevral oyida "Al Ittihod"dan "Al Hilol"ga ko'chib o'tgandi. Karim Riyod klubi safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq saudiyaliklarning Osimhenga qiziqish bildirmoqda ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi