Live
1
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: "Kuchli raqibni mag'lub etganimizdan juda xursandmiz"

Eksklyuziv
19 avgust, 07:30
"Buxoro" ustozining "Neftchi"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Aleksandr Xomyakov: "Kuchli raqibni mag'lub etganimizdan juda xursandmiz"
Фото: Бухоро ПФК
18.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 4 : 1 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

"Buxoro" klubi Superliganing 18-turida o'z uyida "Neftchi"ga qarshi muhim bellashuvda qoyilmaqom o'yin namoyish qilib, amaldagi chempion ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan keyin g'olib jamoa ustoz Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Aleksandr Andreevich, sizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Albatta, men ham sizlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarni, jamoamizni, futbolchilarimizni, umuman, bu g'alabani qo'lga kiritishda bevosita ishtirok etgan barcha insonlarni tabriklayman.

Ha, juda yoqimli. Juda xursandman. Yigitlar yana bir bor o'z xarakterini, yana bir bor sabr-toqatini namoyon qilishdi. Birinchi bo'limda, taxminan 15-daqiqadan keyin o'yinimiz unchalik silliq kechmayotgan paytlar ham bo'ldi. Agar o'sha vaziyatda gol o'tkazib yuborganimizda, hammasi boshqacha tus olishi mumkin edi. Lekin, shukrki, raqibning bosimiga bardosh bera oldik. Juda ajoyib jamoa, kuchli jamoa, hujumkor jamoa. Shuning uchun bugun juda qiyin bo'ldi.

Yana bir bor ta'kidlayman: bu g'alabada yigitlarning hissasi katta. Ular intizomli o'ynashdi, o'z vazifalarini to'liq bajarishdi, reja asosida harakat qilishdi. Oxir-oqibat o'z imkoniyatlarimizni kutdik, raqibning xatolaridan foydalandik va buni amalga oshira oldik.
Shuning uchun bunday kuchli raqibni mag'lub etishga erishganimizdan juda xursandman. Yana bir bor barchani g'alaba bilan tabriklayman!

- Filipovich va Mladovichning jarohati jiddiymi?

- Yo'q, zarba olgan, lekin unchalik jiddiy emas. Umid qilamanki, bir haftadan keyin u umumiy guruhda mashg'ulotlarga kirishadi va keyinchalik bizga yordam bera oladi. Aniq aytish qiyin, lekin ehtimol, tiklanishiga kamida ikki-uch hafta, balki undan ham ko'proq vaqt ketishi mumkin. Umuman olganda, tarkib bilan bog'liq muammolar bor, albatta. Qiyin, lekin shunga qaramay, qo'limizdagi barcha imkoniyatlardan foydalanib, vaziyatdan chiqyapmiz. Yana bir bor aytaman. Rahmat, yigitlar!", - deya Xomyakovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar