Bugun
34
O'zbek

«Kristal Pelas» 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzoladi

Futbol
19 avgust, 06:01
AQSh yoshlar jamoasi futbolchisi Angliya klubiga besh yillik shartnoma asosida qo‘shildi.
«Kristal Pelas» 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzoladi
Foto: Gettyimages

«Kristal Pelas» tarkibni vinger Zavyer Gozo bilan kuchaytirganini rasman e’lon qildi. AQSh yoshlar jamoasi futbolchisi «burgutlar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

19 yoshli Gozo «Real Solt-Leyk»dan transfer qilindi. Angliya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi qariyb 13 million yevroni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Gozo joriy mavsum MLSda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, «Kristal Pelas» Angliya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 22-avgust kuni «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Bugungi yangiliklar