«Monako» Pol Pogba bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qildi. Tomonlar kelishuvni o‘zaro rozilik asosida bekor qilishdi.
«Monako» futbol klubi Polga chuqur minnatdorlik bildiradi va unga kelgusidagi faoliyatida omad tilaydi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Pogba 2025 yil yozidan buyon «Monako» safida to‘p tepib kelayotgandi. U shu vaqt davomida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi ayrim bahslarni jarohatlar sabab o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, OAV xabarlariga ko‘ra, Pogba yaqinda Angliyadagi yig‘in vaqtida yana jarohat olgan. Uning «Monako» bilan avvalgi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi