Live
9
O'zbek

«Monako» Brunner bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

Futbol
22 noyabr, 09:57
Germaniyalik 20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«Monako» Brunner bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi
Фото: Getty Images

«Monako» klubi hujumchi Paris Brunner bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, germaniyalik 20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Tomonlar kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq Brunnerga Yevropaning bir qator top jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, «Borussiya D» Paris uchun asosiy da’vogar ekani borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Brunner «asalarilar» akademiyasida tahsil olgan, biroq jamoaning asosiy tarkibida rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.

Brunner bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar