Bugun
34
O'zbek

«Aston Villa» Suzukining transferini e’lon qildi

Futbol
19 avgust, 05:24
Yaponiyalik darvozabon faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi.
«Aston Villa» Suzukining transferini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» yaponiyalik darvozabon Zion Sudzukining «Parma»dan transferini rasman e’lon qildi. Bu haqda Birmingem klubi matbuot xizmati xabar berdi. Transfer shartlari oshkor qilinmadi.

Avvalroq 23 yoshli darvozabonning transferi «Aston Villa»ga bonuslar bilan birga 35 million yevroga tushishi va futbolchi klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sudzuki 2024 yildan buyon «Parma» safida to‘p tepib kelayotgandi. U shu vaqt davomida barcha turnirlarda 59 ta bahsda maydonga tushib, 83 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, «Aston Villa» yangi mavsumdagi ilk rasmiy bahsini 23 avgust kuni «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar