Bugun
14
O'zbek

Saudiya Qirol kubogi. «An Nasr» «Al Diriya»ni yengib, keyingi bosqichga chiqdi

Futbol
18 avgust, 16:08
Krishtianu o'yinni o'tkazib yubordi.
Saudiya Qirol kubogi. «An Nasr» «Al Diriya»ni yengib, keyingi bosqichga chiqdi
Фото: Getty Images
18.08.2026 FT Saudiya Arabistoni Qirol kubogi Al Diriyah Al Diriyah 1 : 4 Al Nassr Al Nassr

Saudiya Qirol kubogi 1/16 finalida «An Nasr» klubi mehmonda «Al Diriya»ga qarshi bellashdi. Unda Riyod klubi 4:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Joau Feliks dublga erishdi. Simakan va Al Hamdan ham bittadan golga mualliflik qildi.

Bu bellashuvda Krishtianu Ronaldu qaydnomaga ham kiritilmadi. Biroq uning jamoasi keyingi bosqichga chiqdi.

Saudiya Qirol kubogi. 1/16 final
Al Diriya – An Nasr 1:4
Gollar:
Rodriges 2 – Simakan 11, Feliks 36, 68, Al Hamdan 37
An Nasr – Bento, Bushal, Simakan (Inigo Martines, 65), Amri, Al Nadji, Koman (Yahyo, 79), Anjelo, Samu Kosta (Al Haybari, 54), Mane, Feliks, Al Hamdan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Diriyah Al Diriyah
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Qirol kubogi Saudiya Arabistoni Qirol kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar