«Borussiya D» hujumchisi Fabiu Silva faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bild nashri xabar berishicha, «Betis» klubi portugaliyalik 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, Sevilya klubi Silvani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, bu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.
Biroq «asalarilar» ijara variantiga qiziqish bildirmayapti. Dortmundliklar futbolchini 22,5 million yevroga sotishga tayyor.
O‘tgan mavsumda Silva Bundesligada 3 ta gol urdi va 7 ta assistni qayd etdi.