Live
5
O'zbek

«Bavariya» o‘rtoqlik o‘yinida «Haydenhaym»ni mag‘lub etdi

Futbol
18 avgust, 14:40
Musiala o‘zini yomon his qilib, hushidan ketdi.
«Bavariya» o‘rtoqlik o‘yinida «Haydenhaym»ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

«Bavariya» o‘rtoqlik bellashuvida «Haydenhaym»ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan qarama-qarshilikda Myunxen klubi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Kompani jamoasi safida gollar Chaves, Ibrohimovich, Luis Dias va Braun hisobiga yozildi.

Ammo bahsning 69-daqiqada Jamol Musiala o‘zini yomon his qilib, hushidan ketdi. Biroq u maydonni mustaqil ravishda tark etdi. Futbolchi «Leyptsig»ga qarshi o‘yinda ham mana shunday holatga tushgandi.

O‘rtoqlik o‘yini
Haydenhaym – Bavariya 2:4
Gollar
: Vagner 5, Nixyus 44 – Chaves 25, Ibrohimovich 47, Luis Dias 78, Braun 83.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Haydenhaym Haydenhaym
  • Bavariya Bavariya
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar