Bugun
23
O'zbek

Heysen: "Men doim Ramos kabi 4-raqam ostida o‘ynashni orzu qilganman"

Futbol
17 avgust, 02:00
"Real" himoyachisi "Shalke"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
Heysen: "Men doim Ramos kabi 4-raqam ostida o‘ynashni orzu qilganman"
Foto: Getty Images

"Real" himoyachisi Din Heysen "Shalke"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Qaymoqranglilar"ning mavsumoldi tayyorgarligidagi so‘nggi bahs 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi. Heysen mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan gollarni Kilian Mbappe va Karlos Espi urdi.

"Mening golimmi? Arda Guler juda yaxshi uzatma berdi. Bosh bilan zarba berdim va baxtimga, omadim keldi.

Men doim Ramos kabi 4-raqam ostida o‘ynashni orzu qilganman. Serxio — mening kumirim", — deya 21 yoshli ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Ma'lumot o‘rnida, 22 avgust kuni Joze Mourinyo boshchiligidagi madridliklar La Liganing ilk o‘yinini safarda "Espanyol"ga qarshi boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
  • Real Madrid Real Madrid
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar