Bugun
23
O'zbek

Mourinyo: «Biz asta-sekin haqiqiy jamoaga o‘xshab bormoqdamiz»

Futbol
16 avgust, 22:30
«Real» bosh murabbiyi «Shalke» ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan mamnun ekanini bildirdi.
Mourinyo: «Biz asta-sekin haqiqiy jamoaga o‘xshab bormoqdamiz»
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘rtoqlik uchrashuvida «Shalke» ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba (3:0)dan mamnun ekanini bildirdi.

«Jamoa o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatdi. Ayrim futbolchilarga kelsak, ular jamoaga kechroq qo‘shilishdi va hozircha bu yerda ko‘proq vaqtdan buyon bo‘lib kelayotgan yigitlar kabi bir xil shiddatni namoyish etayotganlari yo‘q. Tempda farq bor, ammo g‘oyalar asta-sekin shakllanmoqda.

Bizda ajoyib, yuqori darajadagi futbolchilar bor. Biz jamoa sifatida to‘p bilan ham, to‘psiz ham juda yaxshi ishlayapmiz.

Bu ajoyib sinov, eng qiziqarli bosqich va biz juda yaxshi ko‘radigan haqiqiy kurash boshlanishidan oldingi so‘nggi va juda yaxshi mashg‘ulot bo‘ldi.

Barchamiz yaxshigina motivatsiyaga egamiz, futbolchilar ham shunday kayfiyatda. Ertarroq kelganlar ham, oxirgi kuni yetib kelganlar ham yaxshi holatda bo‘lish uchun juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi.

O‘zaro tushunish va jamoaviy harakat bor. Biz asta-sekin haqiqiy jamoaga o‘xshab bormoqdamiz», — dedi Mourinyo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
  • Real Madrid Real Madrid
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar