"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Bazel"ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi (5:2)dan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, oʻz futbolini oʻtkazishga imkon bermaslikka harakat qiladigan "Bazel" kabi klubga qarshi bu yaxshi sinov boʻldi. Endi oʻyinni batafsilroq tahlil qilamiz.
Raqib yaxshi qarshilik koʻrsatdi, biz esa oʻzimiz xohlagan tezlikda harakatlana olmadik. Oʻz oʻyinimizni rivojlantirishimiz va kamchiliklar ustida ishlashimiz kerak", — deya Flikning soʻzlarini keltiradi "Barselona" klubi rasmiy sayti.
Maʼlumot oʻrnida, "Barselona" Ispaniya chempionatidagi yangi mavsumni "Elche"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bahs 23 avgustdan 24 avgustga oʻtar kechasi soat 00:30 da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi