Bugun
23
O'zbek

Rasman: Ramazon Temirovning UFCdagi navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi

MMA
17 avgust, 04:45
O'zbekistonlik jangchi 24 oktabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida oktagonga chiqadi.
Rasman: Ramazon Temirovning UFCdagi navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov (20-2) keyingi jangini 24 oktabr kuni o'tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.

Temirov Abu-Dabi (BAA)da bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida angliyalik Lonir Kavana (10-2)ga qarshi oktagonga chiqadi.

Ma'lumot o'rnida, Ramazon so'nggi jangini iyul oyida o'tkazgandi. U birinchi raundda avstraliyalik Stiv Ertsegni (14-5) nokautga uchratgan.

Kavana esa UFCdagi so'nggi jangini amerikalik Brendon Royvalga qarshi o'tkazgan va (18-9) uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etilgan.

Qayd etish lozim, o'zbekistonlik jangchi UFCda uch marta oktagonga chiqib, uchtasida ham g'alaba qozongan.

Rasman: Ramazon Temirovning UFCdagi navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi
Foto: Central Asia UFC (YouTube)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar