BAAning Abu-Dabi shahrida UFC Fight Night 282 turniri davom etmoqda. Unda o'zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov avstraliyalik Stiv Ersegga qarshi oktagonga ko'tarildi.
O'ta engil vazn toifasida kechgan co main event bahsida Temirov raqibini birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratdi.
Shu tariqa, 29 yoshli Ramazon Temirov faoliyatidagi yigirma ikkinchi jangini o'tkazdi. Endi uning hisobida 20 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor. 30 yoshli Stiv Erseg esa bugun o'zining o'n to'qqizinchi jangida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi