«Arsenal» hujumchisi Viktor Gokereş «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Xose Alvares xabar berdi.
Kataloniyaliklar shvetsiyalik futbolchini «PSJ»ga o‘tgan Ferran Torresning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda. «Barselona» hozirgi transfer oynasida 28 yoshli «to‘pchilar» futbolchisini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Transfermarkt portali Gokereşning ayni vaqtdagi narxini 65 million yevro deb baholamoqda. Londonliklar o‘tgan yozda hujumchini Lissabonning «Sporting» klubidan qariyb 67 million yevroga sotib olgandi.
Ma'lumot o‘rnida, «Barselona» Ferran Torresning «PSJ»ga transferidan 50 million yevro ishlab oldi.