Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani bekor qilish masalasini hal etishga urinmoqda.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, fransiyalik 38 yoshli hujumchining amaldagi kelishuvi klubning transfer rejalari murakkablashtirmoqda.
Qayd etilishicha, klub futbolchiga to'lanadigan mablag'larning bir qismi davlat tuzilmalari orqali amalga oshirilgani sababli kelishuvni bekor qilish uchun liga va tegishli idoralarning roziligi ham talab qilinadi. Benzema esa shartnomasining so‘nggi yili uchun to‘liq to‘lovni olib, erkin agent sifatida ketishni istamoqda.
Ma'lumot uchun, Karim 2026 yil fevralida «Al Ittihod»ni tark etib, «Al Hilol» safiga qo‘shilgan edi. Hozircha tomonlar futbolchining ketishi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi