Bugun
23
O'zbek

Vikario — "Yuventus" futbolchisi (Romano)

Futbol
17 avgust, 04:05
Turinliklar italiyalik darvozabonni sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Vikario — "Yuventus" futbolchisi (Romano)
Foto: Fabrizio Romano (X)

"Yuventus" Gilermo Vikarioni "Tottenhem"dan transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

"Taqachilar" italiyalik darvozabonini majburiy bo'lmagan sotib olish huquqi bilan ijaraga beradi. Vikarioning o'zi ham "Yuventus"ga o'tishni xohlagan va bugun, 17 avgust kuni "Tottenhem"ni tark etadi.

Ma'lumot o'rnida, 2025/2026 yilgi mavsumda italiyalik kiper 43 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol o'tkazib yubordi va 13 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Avvalroq Emiliano Martinez "Yuventus"ga o'tmasligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar