«Barselona» yozgi transfer oynasi vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, Kataloniya klubi «Arsenal» hujumchisi Viktor Gokereshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shvetsiyalik forvard yaqinda «Barselona»ni tark etib, «PSJ»ga yo‘l olgan Ferran Torresga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyaliklar 2024 yildan beri kuzatib kelgan va uni avvalroq Robert Levandovskining ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ham ko‘rib chiqqan.
Ma'lumot uchun, Viktor o‘tgan yilning yozida «Sporting»dan «to‘pchilar» safiga kelib qo‘shilgan. Klub futbolchining transferi uchun 70 million yevro va bonuslar evaziga sotib olingandi. APLning ilk mavsumida u 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi