Bugun
23
O'zbek

UFC 333 turnirida Yan — Dvalishvili trilogiyasi va Volkanovski — Evloev to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi

MMA
17 avgust, 05:10
Avvalroq Ramazon Temirov ham ushbu turnirda oktagonga chiqishi ma'lum qilingan edi.
UFC 333 turnirida Yan — Dvalishvili trilogiyasi va Volkanovski — Evloev to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi
Foto: Getty Images

UFC Pyotr Yan va Merab Dvalishvili UFC 333 turnirida jang o'tkazishini rasmiy tasdiqladi.

Turnir 24 oktabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi. Yan va Dvalishvili bunga qadar ikki marta oktagonda to'qnash kelgan. Birinchi jangda Merab hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi bahsda Pyotr ham hakamlar qarori bilan ustun kelgan.

Kechaning asosiy janggi yarim engil vazn toifasidagi chempionlik bahsi bo'lib, unda chempion Aleksandr Volkanovski va 20 ta jangning barchasida g'alaba qozongan Movsar Evloev to'qnash keladi.

Avvalroq o'zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov ham UFC 333 turnirida oktagonga chiqishi ma'lum qilingan edi.

UFC 333 turnirida Yan — Dvalishvili trilogiyasi va Volkanovski — Evloev to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi
Foto: UFC
Bugungi yangiliklar