Bugun
49
O'zbek

«Real» Olise va Holandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
6 oktabr, 04:00
Ikki futbolchi ham 2027-yil yozida Madrid klubiga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«Real» Olise va Holandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Bavariya» vingери Michael Olise va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Real» safida o‘ynashni istamoqda. El Nacional xabariga ko‘ra, futbolchilar joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Madrid klubiga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, 2027-yil yozidagi transfer oynasi «Real» uchun eng muhim davrlardan biriga aylanishi mumkin. Olise ham, Holand ham «Santyago Bernabeu» stadionida to‘p tepishni orzu qilmoqda.

«Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. 24 yoshli vinger ham Myunxen klubida qolishga tayyor, biroq yangi kelishuvda kelajakda «Real»ga o‘tishiga imkon beradigan aniq tovon puli belgilanishini xohlamoqda.

Holandning kelajagi esa «Manchester Siti»ga moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha qanday jazo berilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Angliya klubi mustaqil komissiyaning moliyaviy qoidalar buzilgani haqidagi ayblovlari bo‘yicha tekshiruv ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portaliga ko‘ra, Holand va Olisening umumiy bozor qiymati 400 mln yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2022-yildan buyon «Manchester Siti» safida, Olise esa 2024-yil yozidan «Bavariya»da to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar