Bugun
49
O'zbek

Dana Uayt: «UFCning qiymati 50 milliard dollar»

MMA
6 oktabr, 03:15
UFC rahbari promoushenni sotib olishga qancha mablag‘ sarflangani va liganing bozor qiymati qancha ekanini aytdi.
Dana Uayt: «UFCning qiymati 50 milliard dollar»
Foto: Getty Images

UFC rahbari Dana Uayt promoushenni sotib olishga qancha mablag‘ sarflangani va bugungi kunda dunyoning eng yirik MMA ligasining bozor qiymati qancha ekanini ma’lum qildi.

«Men bu biznesga kelganimda, unga ishonganlar kam edi. Shuning uchun biz UFCni 2 million dollarga sotib oldik. Keling, rostini aytsak. UFC 2 million dollarga sotib olingan. Agar «Leykers» 12,5 milliard dollarga sotilgan bo‘lsa, UFCning qiymati 50 milliard dollar», — dedi Uayt The Diary Of A CEO YouTube loyihasiga bergan intervyusida.

Qayd etish lozim, UFC 2001-yilda kazino tarmog‘i Station Casinos egalari Lorenzo va Frenk Fertittalar tomonidan sotib olingan. Shundan so‘ng Dana Uayt tashkilot prezidenti etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, UFCning navbatdagi raqamli turniri bo‘lgan UFC 333 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi «Etihad Arena»da bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda yarim yengil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski chempionlik kamarini Movsar Yevloyevga qarshi himoya qiladi.

Bugungi yangiliklar