«Barselona» hujumchisi Rafinya bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi kelishuv 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. Tomonlar shartnoma bo‘yicha barcha masalalarni kelishib olgan. Bitimning moliyaviy shartlari hozircha oshkor qilinmagan.
Bungacha «Barselona» yangi shartnoma doirasida braziliyalik futbolchining maoshini oshirishi xabar qilingan edi. Rasmiy e’lon va shartnoma imzolash marosimi hujjatlar bilan bog‘liq ishlar reja bo‘yicha yakunlansa, shu hafta, juma kuni o‘tkazilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli vinger bu mavsum La Liga va Chempionlar Ligasi doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 3 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Avvalroq Rafinya ketma-ket ikkinchi oy La Ligada eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.