«PSJ»ning yangi futbolchisi Lyuka Din parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening kutilmalarini oqlay olmadi. Shu sababli klub hozirda «Barselona» himoyachisi Alejandro Baldega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda foot01.com xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Enrike Dinning o‘yinidan ijobiy taassurot olmagan va keskin chora ko‘rishga tayyor. Murabbiy bu mavsumda o‘z talablarini oqlamayotgan futbolchilarga nisbatan yon bosmasligini ma’lum qilgan. Yozda «Aston Villa»dan «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan fransiyalik futbolchi esa mavsum boshidan buyon atigi 104 daqiqa maydonda harakat qildi.
Qayd etish lozim, Enrike «PSJ» sport direktori Luis Kamposga Baldeni jamoaga olib kelishga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgan.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi 2026/2027-yilgi La Liga mavsumida hozirgacha atigi 12 daqiqa o‘ynadi. «Barselona» esa o‘z tarbiyalanuvchisini 40 million yevro evaziga sotishga tayyor.