Angliyaning «Tottenhem» klubi yanvar oyida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi uchun 130 million yevro taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda El Nacional.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi, shuningdek, agar argentinalik keyinchalik o‘z faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga qaror qilsa, «Barselona»ga o‘tishni osonlashtirishi ko‘zda tutilgan sotib olish bandini shartnomaga kiritishga tayyor. «Tottenhem» va «Atletiko» tomonidan muzokaralar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Avvalroq «Atletiko» «Barselona» bilan Alvares transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi emasligini va uning to‘g‘ridan to‘g‘ri Kataloniya jamoasiga o‘tishini ko‘rib chiqmayotganini ochiq aytgan edi.
Ma’lumot uchun, Alvares «Atletiko»da 2024-yilning avgustidan buyon to‘p tepmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalik hujumchinining aktual transfer narxini 100 million yevroga baholamoqda.