Live
1
O'zbek

«Bavariya» Keyn bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Futbol
5 oktabr, 14:39
    4
Tomonlar muzokaralar yakuniga yaqinlashmoqda.
«Bavariya» Keyn bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Foto: Getty Images

«Bavariya» va Harri Keyn shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli olg‘a siljishga erishdi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralar yakuniga yaqinlashmoqda. Tomonlar so‘nggi tafsilotlarni kelishib olmoqda.

Keynning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli ingliz o‘tgan mavsumda Bundesligada 31 ta o‘yinda 36 ta gol urgan edi. Bu mavsumda esa 4 ta bahsda 3 bor to‘p kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar