«Bavariya» va Fransiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Frank Riberi 2013 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmaganidan afsusda ekanini aytdi.
O‘sha yili sovrin «Real» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib etgan.
«2013 yil men uchun oltin yil bo‘lgan. Bundesliganing va Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi edim, ehtimol, «Oltin to‘p»ga loyiq edim. Uni qo‘lga kirita olmaganim menga og‘ir botdi, bu katta ko‘ngilsizlik bo‘ldi.
Buni tan olishdan qo‘rqmayman. Sehrli mavsum bo‘lgandi: barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim, «Bavariya»da ham, milliy jamoada ham ajoyib o‘ynadim… Yana nima qilishim kerak edi?» — deya Riberining so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Riberi: «2013 yili «Oltin to‘p»ga loyiq edim. Bundesliganing va Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lganman»
Futbol
4 oktabr, 13:20
56
«Bavariya» sobiq yarimhimoyachisi individual sovrinni qo‘lga kirita olmagani og‘ir botgani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi