Bugun
24
O'zbek

Mourinio La Liganing navbatdagi o‘yinida Vinisiusni zaxirada qoldiradi

Futbol
4 oktabr, 12:56
    4
Bunga sabab ishonch pasaygani emas.
Mourinio La Liganing navbatdagi o‘yinida Vinisiusni zaxirada qoldiradi
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Ligadagi bo‘lajak o‘yinda hujumchi Vinisius Juniorni zaxirada qoldirishga qaror qildi. Bu futbolchiga bo‘lgan ishonch pasayganidan emas, balki unga yanada motivatsiya berish va eng yaxshi holatiga qaytarish usuli sifatida qaralmoqda. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.

26 yoshli braziliyalikning o‘yinida pasayish kuzatilayotgani fonida murabbiy undan yanada faol va samarali harakatlarni kutmoqda. Shu bilan birga, futbolchining o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini susaytirmaslik ham maqsad qilingan.

Manbaga ko‘ra, reja shundan iboratki, Vinisius 8-tur doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida maydonga tushadi. Keyingi o‘yinlarda esa yana asosiy tarkibdan joy oladi.

Murabbiylar shtabi oldidagi asosiy maqsad — futbolchining «Barselona»ga qarshi prinsipial bahs, ya’ni «El-klasiko»ga qadar optimal sport formasini tiklab, o‘yinga maksimal darajada tayyor holda yetib borishini ta’minlash.

Bu mavsumda Vinisius madridliklar safida 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar