Bugun
24
O'zbek

Fabregas «Inter» taklifini nega rad etganini tushuntirdi

Futbol
4 oktabr, 15:55
Ispaniyalik murabbiy «Komo»da muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Fabregas «Inter» taklifini nega rad etganini tushuntirdi
Фото: Getty Images

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas nima sababdan «Inter»yb boshqarish taklifini rad etganini tushuntirdi.

«Men ko‘p o‘ylaydigan va har bir narsani chuqur tahlil qiladigan insonman. Tushunamanki, yakunda murabbiyning faoliyati qo‘lga kiritgan sovrinlari soni bilan baholanadi — bu adolatli. Ammo bizning suhbatimizda Da Kunyanning rivojlanishi haqida gap bordi. U hozir terma jamoada o‘ynayapti. Men uchun bu har qanday kubokdan ham qimmatroq g‘alaba.

Ko‘plab yosh futbolchilar aynan men bilan ishlash uchun «Komo»ga kelganini bilardim. Niko Pas hozir barchaning e’tiborida, ammo ikki yil avval u «Real Kastilya»dan kelgan edi va uning otasi o‘g‘lining kelajagini menga to‘liq ishonib topshirgan. Men Valle, Perrone, Da Kunya va boshqa ko‘plab futbolchilar haqida ham gapiryapman. Ular — mening chempionlik unvonim.

Eng muhimi — vaqt, ammo murabbiyda hech qachon vaqt bo‘lmaydi. Bunga eng yorqin misol — Arteta. U ketma-ket uch mavsum sakkizinchi o‘rinni egalladi, keyin beshinchi bo‘ldi, yetti yildan so‘ng esa Premer-ligada g‘olib chiqdi va Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi.

«Komo»da bizning aniq maqsad va qarashlarimiz bor, bir-birimizga ishonamiz. Shu yerda rivojlanishni va klubning o‘ziga xosligini shakllantirishni afzal ko‘raman. Agar bir kun kelib «Komo»dan ketsam, men bilan birga ishlayotgan barchamiz keyingi murabbiy loyihamizni davom ettirishini xohlaymiz», — deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi FCInter1908.it.

A Seriyaning besh turidan so‘ng «Komo» 10 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining sakkizinchi pog‘onasidan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar