Live
2
O'zbek

«Barselona» prezidenti top hujumchi transferi haqida: «Menga buning butkul imkoni yo‘qligini aytishdi»

Futbol
30 sentabr, 08:48
Kataloniya klubi rahbari argentinalik forvard Lautaro Martinesning amalga oshmagan transferi haqida gapirdi.
«Barselona» prezidenti top hujumchi transferi haqida: «Menga buning butkul imkoni yo‘qligini aytishdi»
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbari Joan Laporta Argentina milliy jamoasi va Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martinesning amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirib berdi.

«Men avgust oyida Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldim. U ajoyib hujumchi, biz uni «Barselona»da ko‘rishni xohlardik. Men shaxsan «Inter» prezidentiga qo‘ng‘iroq qildim va u meni darhol to‘xtatdi: hech qanday imkoniyat yo‘q. Men klubning pozitsiyasini hurmat qilaman», — deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Corrierre.

Ma’lumot uchun, Martinesning transfer qiymati 85 million yevroni tashkil etadi. 29 yoshli argentinalikning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar