Osiyo o‘yinlari futbol turnirida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Ikkinchi yarimfinal bahsida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 jamoasi Yaponiyaga qarshi bellashdi. O‘yinda dastlabki gol 8-daqiqada Sardor Bahramov hisobiga yozildi.
Ikkinchi bo‘limda yaponiyaliklar juda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Natijada 88-daqiqaga kelib, «kun chiqar yurt» vakillari hisobni tenglashtirishdi. Asosiy vaqtda durang qayd etildi. Qo‘shimcha ikki bo‘limda ham jamoalar gol ura olishmadi. Natijada g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda 9:8 hisobida yaponiyaliklar g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
Shu tariqa, Haydarov boshqaruvidagi yoshlar jamoasi finalga chiqa olmadi. Hal qiluvchi bahsda esa Yaponiya va Janubiy Koreya o‘zaro bellashadi.
Osiyo o‘yinlari. Yarimfinal
O‘zbekiston – Yaponiya 1:1 (pen: 8:9)
Gollar: Sardorbek Bahromov 8 – Ishibashi 88
O‘zbekiston: 21. Muratbayev, 2. Hamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 7. Bahramov, 9.Saidnurullayev (Ibraimov, 13), 10. O‘rinboyev (Xayrullayev, 66), 11. Jumayev (Shodiboyev, 85), 13. To‘lqinbekov, 14. Fayzullayev, 19. Karimov (Abdunazarov, 86).
Yaponiya – Pisano, Furuya, Ishibashi (Shimamoto, 62), Ishi, Ishiwatari, Kosugi, Mishiwaki, Mori (Umeki, 64), Nagano, Tsushiya, Yasuda (Ozeki, 62).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi