1-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida Suriyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Mazkur bellashuv oldidan ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaymiz.
O‘zbekiston va Suriya milliy jamoalari shu kungacha yetti bor to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning ikkitasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, yana ikki bellashuv durang bilan yakunlangan. Suriya esa uch bor raqibidan ustun kelgan.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 1996-yilda o‘tkazilgan va unda Suriya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2016-yilda O‘zbekiston 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Suriya xuddi shunday hisobda javob qaytargan.
2018-yilda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynagan. 2019-yilgi bahsda O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2020-yilda esa Suriya 1:0 hisobida ustun kelgan.
Jamoalarning so‘nggi o‘zaro bahsi 2024-yilda Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogi guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi. Unda g‘olib aniqlanmagan — 0:0.
1996-yil: Oʻzbekiston 1:2 Suriya
2016-yil: Oʻzbekiston 1:0 Suriya
2017-yil: Suriya 1:0 Oʻzbekiston
2018-yil: Oʻzbekiston 1:1 Suriya
2019-yil: Oʻzbekiston 2:0 Suriya
2020-yil: Oʻzbekiston 0:1 Suriya
2024-yil: Oʻzbekiston 0:0 Suriya
To‘plar nisbati — 5:5.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Suriya 1-oktyabr kuni navbatdagi o‘zaro bahsini o‘tkazadi. Bellashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘ladi. Unga «Paxtakor» stadioni mezbonlik qiladi va o'yin soat 19:00 da boshlanadi.

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi