O‘zbekiston milliy jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi futbolchisi Doston Hamdamov Eronga qarshi o‘yin (3:1) va Suriyaga qarshi kechadigan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Eronga qarshi o‘yin juda ajoyib kechdi. Muxlislarimiz ham stadionda bizni qo‘llab-quvvatlashdi, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz Eronni hali bunday hisobda mag‘lub etmagan edik. Bu biz uchun yangilik bo‘ldi va muxlislarimizni xursand qildik deb o‘ylayman.
Hozirda Suriyaga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Yigitlarning kayfiyati ham a’lo darajada. Murabbiyning yangi sxemasini yanada yaxshiroq o‘zlashtirishga harakat qilyapmiz.
Suriyaga qarshi ham yaxshi o‘yin bo‘ladi degan umiddaman», — dedi Hamdamov. Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvda Suriyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 1 oktabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida soat 19:00 da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi