Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Norvegiyaga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronalduni asosiy tarkibga kiritmagani sababini aytdi.
«Krishtianu asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, baribir jamoaning muhim futbolchisi.
Bugun u ilk daqiqalardan o‘ynamaydi, yonimda bo‘ladi va keyinroq maydonga tushadi. Men hammasini rejalashtirganman. Biz uni ham, avvalgi o‘yinda qatnashgan boshqa futbolchilarni ham asrashimiz kerak.
Bugun asosiy tarkibda 4 ta o‘zgarish qildim va bu faqat Ronaldu bilan bog‘liq emas. Agar futbolchilarda charchoq alomatlari bo‘lsa yoki ular Uelsga qarshi uchrashuvdan keyin to‘liq tiklanmagan bo‘lsa, asosiy tarkibda maydonga tushirmaymiz», — dedi Jezush ESPN’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, Norvegiya — Portugaliya bahsi Oslodagi «Ullevol» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni fransiyalik hakam Fransua Leteksye boshqaradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi