«An Nasr» yarimhimoyachisi Joau Feliks Krishtianu Ronaldu bilan bir klub va Portugaliya milliy jamoasida birga o‘ynash haqida gapirdi. Futbolchining ta’kidlashicha, Ronaldu bilan birga maydonga tushish katta faxr.
«Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynash — futbolda kamchilikka nasib qiladigan imkoniyat. Men u bilan bu yerda, milliy jamoada, endi esa «An Nasr»da birga o‘ynayotganimdan juda faxrlanaman.
Biz Krishtianuni kumirimiz va o‘rnak sifatida kuzatib ulg‘aydik. Endi esa u bilan bunday lahzalarni baham ko‘rish imkoniga egaman. Buni imkon qadar ko‘proq qadrlash kerak, chunki bu abadiy davom etmasligini bilamiz», — dedi Feliks.
Ma'lumot uchun, hozirda Ronaldu hisobida 979 ta gol bor: u klublar miqyosida 833 ta, Portugaliya milliy jamoasi safida esa 146 ta gol urgan.
Feliks portugaliyalik hujumchining 1000-goliga assist berish haqida ham o‘ylayotganini aytdi.
«Unga bitta gol yetishmay qolganida, to‘p menda bo‘lgan har safar unga qarab, pas berishim mumkinmi, deb o‘ylayman. Bu gol futbol tarixiga kiradi va shunday lahzada uning yonida bo‘lish ajoyib bo‘lardi», — deya qo'shimcha qildi Feliks.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi