Live
1
O'zbek

Joau Feliks o‘zining ideal tarkibini tuzdi, unda Ronaldu va Messi yo‘q

Futbol
27 sentabr, 09:10
    12
Portugaliyalik hujumchi tanlagan futbolchilar orasida 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlar ham bor.
Joau Feliks o‘zining ideal tarkibini tuzdi, unda Ronaldu va Messi yo‘q
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Joau Feliks ayni paytdagi futbolchilardan iborat o‘zining ideal jamoasini tuzdi.

Qizig‘i, Feliks ramziy tarkibga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi afsonaviy futbolchilarni kiritmadi.

Joau Feliksning ideal tarkibi:

Darvozabon: Joan Garsiya.

Himoyachilar: Nunu Mendesh, Ruben Diash, Pau Kubarsi, Joau Kanselu.

Yarim himoyachilar: Pedri, Enso Fernandes, Rayan Sherki.

Hujumchilar: Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Harri Keyn.

Feliks tanlagan futbolchilar orasida 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlar ham bor. Nufuzli individual mukofotni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya milliy jamoasi Millatlar Ligasi yangi mavsumini Uels ustidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Uchrashuvdagi yagona golga aynan Joau Feliks mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar