Live
1
O'zbek

Endrik: «Futbolchi bo‘lish qiyin emas»

Futbol
27 sentabr, 11:10
«Real» hujumchisi futbolchilik sohasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Endrik: «Futbolchi bo‘lish qiyin emas»
Foto: Getty Images

«Real» va Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Endrik futbolchilik sohasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

20 yoshli hujumchining ta’kidlashicha, professional futbolchi bo‘lishni og‘ir mehnat deb hisoblash to‘g‘ri emas. U oddiy insonlarning kundalik mehnati futbolchilarnikidan ancha murakkab ekanini qayd etdi.

«Futbolchi bo‘lish qiyin emas. Ertalab soat beshda uyg‘onib, dushanbadan yakshanbagacha ishga borishi kerak bo‘lgan insonlarga qiyinroq. Futbol bizga juda ko‘p ajoyib narsalarni beradi», — deya Endrikning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot o‘rnida, Endrik 2024-yil yozidan buyon Madridning «Real» klubiga tegishli. Braziliyalik hujumchi «qirollik klubi» safida barcha musobaqalar doirasida 41 uchrashuv o‘tkazib, 7 gol urgan va 1 assist amalga oshirgan. Uning «Real» bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.

Shuningdek, Endrik Braziliya milliy jamoasi safida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol muallifi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar