Bugun
27
O'zbek

«Real» «Liverpul» yarimhimoyachisini kuzatmoqda

Futbol
27 sentabr, 06:50
Madrid klubi argentinalik futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
«Real» «Liverpul» yarimhimoyachisini kuzatmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterning shartnomasi borasidagi vaziyatni kuzatmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, agar «Liverpul» argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda sezilarli siljishga erisha olmasa, «Real» uning transferi masalasini yana ko‘rib chiqishi mumkin. Madrid klubi Mak Allisterga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatorida.

Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Shu sababli mersisaydliklar kelishuv shartlarini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish zaruratini sezmayapti.

Mak Allister ushbu mavsumda «Liverpul» safida barcha turnirlarda yettita bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 27 yoshli yarimhimoyachining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar