Bugun
27
O'zbek

«Arsenal» va «Real» Holandning atrofidagilar bilan bog‘landi

Futbol
27 sentabr, 06:40
Ikki klub «Manchester Siti» hujumchisini kelajakda transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
«Arsenal» va «Real» Holandning atrofidagilar bilan bog‘landi
Foto: Getty Images

«Arsenal» va Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Erlin Holandning vakillari bilan uning ehtimoliy transferi borasida bog‘landi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, odatiy sharoitda norvegiyalik futbolchining transferi juda katta mablag‘ talab qilishi mumkin. Biroq «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalar buzilishi bo‘yicha ishida eng salbiy ssenariy yuzaga keladigan bo‘lsa, Holand nisbatan qulay narxda sotilishi mumkin.

Avvalroq OAVda futbolchi «Manchester Siti» APLdagi o‘rnidan mahrum bo‘lsa, klubni tark etishni istashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. «Shaharliklar» Holandning shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha 115 ta bandning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Klub ehtimoliy jazoga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar