Bugun
27
O'zbek

«Arsenal» va «Tottenhem» «Bayer» yarimhimoyachisi uchun kurashishi mumkin

Futbol
27 sentabr, 08:10
London klublari «Bayer»ning 20 yoshli yarimhimoyachisi Ibrohim Mazaga qiziqish bildirmoqda.
«Arsenal» va «Tottenhem» «Bayer» yarimhimoyachisi uchun kurashishi mumkin
Foto: Getty Images

«Arsenal» va «Tottenhem» «Bayer»ning hujumkor yarimhimoyachisi Ibrohim Mazaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mazaning asosiy ustunliklaridan biri uning universalligi va texnik mahorati hisoblanadi. Futbolchi hujumkor yarimhimoyachi sifatida o‘ynash bilan birga, yarimhujumdagi bo‘sh hududlarni topishda ham ishonchli harakat qiladi. U to‘pni qabul qilib, burilish va raqib himoyachilarini aldab o‘tish uchun qulay vaziyat yaratishi bilan ajralib turadi.

Maza ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushib, bitta gol va bitta assist qayd etdi. Uning «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Tottenhem Tottenhem
  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar