Bugun
27
O'zbek

«Arsenal» va «Liverpul» «Brentford» hujumchisiga qiziqmoqda

Futbol
27 sentabr, 06:15
Kevin Shadening o‘yinlari ikki top-klub e’tiborini tortgan.
«Arsenal» va «Liverpul» «Brentford» hujumchisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» va «Liverpul» «Brentford»ning qanot hujumchisi Kevin Shadeni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Brentford» 24 yoshli vinger bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi va futbolchi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, yozgi transfer oynasi yakuniga yaqin «Arsenal» va «Liverpul» germaniyalik futbolchiga eng katta qiziqishni bildirgan klublar bo‘lgan.

Shade ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning «Brentford» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt 24 yoshli futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar