Bugun
27
O'zbek

Luis Enrike «Arsenal» yarimhimoyachisini «PSJ»da ko‘rmoqchi

Futbol
27 sentabr, 06:45
«PSJ» bosh murabbiyi Martin Subimendini jamoa markazidagi muhim futbolchilardan biriga aylantirishni istamoqda.
Luis Enrike «Arsenal» yarimhimoyachisini «PSJ»da ko‘rmoqchi
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Arsenal» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Martin Subimendining transferidan manfaatdor. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Enrike futbolchining Parij klubiga o‘tish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Bunga Subimendining mavsum boshida «Arsenal» asosiy tarkibida muhim rol o‘ynamagani ham sabab bo‘lgan. London klubi yarimhimoyachi uchun 80 million yevro atrofidagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Luis Enrike Subimendini o‘zining o‘yin uslubiga mos keladigan futbolchi deb hisoblaydi. Mutaxassis yarimhimoyachining pozitsiyani yaxshi his qilishi, aniq uzatmalari va hujumchilarga qulay vaziyatlarda to‘p yetkazib berish qobiliyatini yuqori baholaydi.

Manbaga ko‘ra, Enrike «PSJ»ning to‘p nazoratida ustunlik qilishi va markazdagi o‘yin tuzilmasini saqlab qolishini istamoqda. Subimendi aynan shu jihatlarda jamoaga yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Subimendining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar