Bugun
27
O'zbek

Marselo O'zil va Mbappeni Messidan ustun qo‘ydi

Futbol
27 sentabr, 07:09
«Real»ning sobiq futbolchisi uch futbolchidan asosiy tarkib uchun O'zilni, zaxira uchun esa Mbappeni tanladi.
Marselo O'zil va Mbappeni Messidan ustun qo‘ydi
Foto: Getty Images

«Real»ning sobiq futbolchisi Marselodan Kilian Mbappe, Mesut O'zil va Lionel Messidan iborat uchlikni shartli ravishda saralash so‘raldi. U futbolchilardan birini asosiy tarkibga kiritishi, ikkinchisini zaxirada qoldirishi va uchinchisini qaydnomaga kiritmasligi kerak edi.

Marselo asosiy tarkib uchun Mesut O'zilni tanladi. «Real»da o‘ynayotgan Kilian Mbappeni esa zaxirada qoldirdi. Lionel Messi esa braziliyalik futbolchi tomonidan qaydnomadan tashqarida qoldirildi.

Bu haqda The Touchline xabar berdi. Shu tariqa Marselo o‘zining «Real» bilan bog‘liq bo‘lgan ikki futbolchini tanladi.

Ma’lumot uchun, Marselo avvalroq Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi tanlovda portugaliyalik futbolchini tanlagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar