Live
1
O'zbek

Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston erkaklar o‘rtasida, Xitoy esa ayollar o‘rtasida chempion bo‘ldi

Boshqalar
27 sentabr, 09:40
    12
O‘zbekiston erkaklar jamoasi 11 tur natijasiga ko‘ra umumiy 20 ochko jamg‘ardi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston erkaklar o‘rtasida, Xitoy esa ayollar o‘rtasida chempion bo‘ldi
Foto: UzChess

Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. 11 tur natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasi musobaqani birinchi o‘rinda yakunlab, Olimpiada chempioniga aylandi.

Shaxmatchilarimiz 11 tur davomida 20 ochko jamg‘ardi. Hindiston va Germaniya 18 tadan ochko bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Kuchli beshlikdan AQSh va Ozarbayjon joy oldi, har ikki jamoa 17 tadan ochko to‘pladi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada esa Xitoy milliy jamoasi 20 ochko bilan chempion bo‘ldi. Qozog‘iston 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Hindiston 17 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi. AQSh va Polsha ham 17 tadan ochko to‘plab, mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.

Shu tariqa, Samarqand mezbonlik qilgan 46-FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

11 tur yakuniga ko‘ra erkaklar o‘rtasidagi yakuniy turnir jadvali (Top-10)
Foto: UzChess

11 tur yakuniga ko‘ra ayollar o‘rtasidagi yakuniy turnir jadvali (Top-10)
Foto: UzChess
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar