Live
2
O'zbek

«Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar fonida Holand Norvegiyadagi matbuot anjumanida qatnashmaydigan bo‘ldi

Futbol
26 sentabr, 04:38
    9
Milliy jamoa matbuot xizmati hujumchining o‘rniga boshqa futbolchi anjumanda qatnashishini ma’lum qildi.
«Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar fonida Holand Norvegiyadagi matbuot anjumanida qatnashmaydigan bo‘ldi
Foto: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasida «Manchester Siti» ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror fonida Erling Holandning matbuot anjumanida ishtirok etishi borasidagi rejalar o‘zgartirildi.

25 sentyabr kuni «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani ma’lum bo‘ldi — faqat bittasi bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil fevral oyida APL «Manchester Siti»ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagandi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida borayotganini xabar qildi: Premyer-liga ayblovlarni e’lon qilgan paytda ayrim qoidalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan.

Avvalroq Norvegiya Futbol Assotsiatsiyasi (NFF) matbuot kotibi Morten Skensberg Erling Holand va milliy jamoa bosh murabbiyi Stole Solbakken shanba kuni Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazishini ma’lum qilgandi.

Biroq keyinroq NFF matbuot xizmati rejalar o‘zgarganini ma’lum qildi: Holand o‘rniga jurnalistlar bilan Andreas Skellerup va Fredrik Eursnes muloqot qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Norvegiya Norvegiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar